Guruh bo‘lib amalga oshiriladigan tur: Barselona-Mayorka-Ibitsa
Guruh bo‘lib amalga oshiriladigan tur: Barselona-Mayorka-Ibitsa. Barselonadan uchib kelish va uchib ketish SHANBA KUNLARI (aniq sanalar guruhning to‘planishiga bog‘liq), operatorlarimizdan aniqlashtiring. Ispaniyaga tashrif buyuring va Siz izlagan narsangizni albatta topasiz. Charaqlagan quyosh, yoqimli dengiz suvi, tillarang qum, butun dunyoga mashhur qadimiy obidalar, shonli muzeylar va albatta, serzavq, iqtidorlarga boy va mag‘rur xalqning mehmondo‘stligi. Bir marta korridaga tashrif buyurish, olovli flamenkoni tomosha qilish, o‘rta asr shahrining tor ko‘chalari bo‘ylab sayr qilish, qaynoq xalq bayramining guvohi bo‘lish va balki bevosita ishtirok etish – Ispaniya butun umrga yuragingizda qoladi! Biz sizni orzu sari yetaklaymiz!
Biz sizga Ispaniya bo‘ylab istalgan didga mos sayohatni taklif qilishga tayyormiz – ekskursiyaviy – Ispaniya shaharlari bo‘ylab, gastronomik, bolalar va kattalar uchun, sohilda hordiq chiqarish bilan – Kosta Brava, Kosta Dorada, Mayorka, Andorra va Kanar orollari, Ispaniya-Italiya, Ispaniya-Fransiya kombinatsiyalashgan turlari va h.k.
JO‘NAB KETISH | Shanba QAYTIB KELISH | Shanba VIZA (hujjatlarni Moskvaga yuborish bilan) | Talab etiladi: $75 + 640.000 so‘m
Narxga quyidagilar kiritilgan:
3* li mehmonxonada, 1 yoki 2 o‘rinlik xonada 7 kecha;
Ovqatlanish turi – nonushtalar;
Dastur bo‘yicha guruh bo‘lib transferlar;
Ekskursiyalar + hamrohlik qiluvchi gid;
Mayorkaga aviachiptalar va kemaga chiptalar.
Quyidagilar uchun qo‘shimcha to‘lanadi:
Aviachipta: Toshkent – Barselona – Toshkent (Aeroflot aviakompaniyasi bilan, Moskva orqali) – bir kishi uchun 7.400.000 so‘mdan boshlab
Moskvadagi Ispaniya elchixonasining konsullik yig‘imlari bir kishi uchun $75 + 640.000 so‘m (DHL pochta xizmati orqali hujjatlarni Moskvaga jo‘natish va qabul qilib olishlarni o‘z ichiga oladi)
Tibbiy sug‘urta – 8 AQSH dollari. To‘lov kuni O‘zR Markaziy banki davlat kursi bo‘yicha so‘mda to‘lanadi
Kompaniya xizmatlari – 100 000 so‘m
Shahar soliqlari (mehmonxonaga joylashganda joyida to‘lanadi)