Chexiya – Yevropadagi eng mashhur sayyohlik yo‘nalishlaridan biri. Ushbu mamlakat ko‘p asrlik boy tarixga, qadimiy an’analarga va ko‘plab qiziqarli obidalarga ega. Bu yerda sizni muhtasham o‘rta asr shaharlari, chiroyli qadimiy qasrlar, ajoyib tabiiy landshaftlar, butun dunyoga mashhur mineral buloqlar va albatta, an’anaviy chex taomlari kutmoqda.
Shveysariya… Alp va tog‘ chang‘ilari, Jeneva ko‘li va sutli shokoladlar, eng ishonchli banklar va nufuzli qo‘l soatlari, 20-asr boshlari rus inqilobchilari va 21-asr boyvachchalari mamlakati… sayyohlik qoliplarini cheksiz ravishda davom ettirish mumkin. Mitti davlat noyob tabiati va ko‘plab qo‘lda yasalgan go‘zalliklarini, zamonaviy iqtisodiyot sohalarini qanday qilib o‘z bag‘riga sig‘dirgan va bir paytning o‘zida o‘z an’analari va betakror hayot tarzini qanday qilib saqlab qolgan ekan-a?
JO‘NAB KETISH | Har payshanba QAYTIB KELISH | Har payshanba VIZA | Talab etiladi
Narxga quyidagilar kiritilgan:
Pragada tanlangan toifadagi mehmonxonada yashash
Shveysariyada 3* li yoki 4* li mehmonxonada yashash