Misrga sayohat eng maqbul narxlarda ! | 8,825,000 UZS
Toshkentdan Misrga tur
Misr – noyob davlat bo‘lib, u yerda har bir inson o‘zi uchun qiziqarli mashg‘ulot topishi mumkin. Mehmondo‘stlik muhiti va ko‘ngilochar joylarning keng tanlovi oilaviy dam olish uchun mo‘ljallangan ushbu mintaqaga katta shuhrat keltirgan.
Ayni vaqtda Qizil dengiz va Sinay yarimoroli dunyodagi eng tez rivojlanib kelayotgan sayyohlik hududlaridan biri hisoblanadi.
Qizil dengiz – Dunyo okeanining eng sho‘r dengizi. O‘zining zilol suvlari bilan mashhur, boisi unga loy va qum olib keluvchi daryolar kelib quyilmaydi. Hattoki sovuq mavsumda ham suvining harorati 20 °C dan pastga tushmaydi, issiq mavsumlarda esa 27–28 °C dan oshishi mumkin. Bu suvda turli xil infeksiyalarning ko‘payish xavfini kamaytirishga imkon beradi va bu bilan dengiz suvining shifobaxsh xususiyatlarini oshiradi.
Noyob suvosti dunyosi sababli Qizil dengiz dayving bilan shug‘ullanish uchun eng yaxshi joylardan biri hisoblanadi.
Sharm al-Shayxda dam olish
Sharm al-Shayx – oilaviy va faol dam olish uchun eng yaxshi joy. Bu yerda siz ko‘p sonli marjon qoyalarini, plyajlar va boshqa diqqatga sazovor joylarni topasiz.
Quml plyajda mayin quyosh nuri ostida hordiq chiqarishdan tashqari mehmonlarga ko‘plab qiziqarli mashg‘ulotlar taklif qilinadi: dayving, sahro bo‘ylab safar, toqqa chiqish, golf va milliy bog‘lar – ushbu ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin! Sharm al-Shayx kurorti plyajlarida boshqa dengiz ko‘ngilochar mashg‘ulotlarini ham topish mumkin (bananlar, katamaranlar, yaxtalarda sayr va sh.k.).
Jo‘nab ketish | Har dushanba va chorshanba AirCairo aviakompaniyasida VIZA | Viza – talab etilmaydi, yarimorolni 14 kecha tark etmagan holda Sharm al-Shayxda qolish sharti bilan
Narxga quyidagilar kiritilgan:
Toshkent – Sharm al-Shayx – Toshkent aviaparvozi Nileair aviakompaniyasida
Mehmonxonaga joylashish
Aeroport – aeroport – mehmonxona – aeroport guruh bo‘lib transferi
Ovqatlanish – Hammasi ichida
COVID+ tibbiy sug‘urtasi
Quyidagilar uchun qo‘shimcha to‘lanadi:
Firma xizmatlari – 100 000 so‘m
VIZA 10 kun ichida rasmiylashtiriladi
Viza narxi = 25$
Mamlakatda 14 kundan ortiq bo‘lishda vizani Toshkentdagi Misr elchixonasida yoki Sharm al-Shayx aeroportiga uchib borishda olish mumkin
Uchib ketish va qaytib kelish vaqti:
Toshkent – Sharm al-Shayx NileAir (Airbus-320) 11:20 TAS – 13:50 SSH
Sharm al-Shayx – Toshkent Nile Air (Airbus-320) 02:05 SSH – 10:00 TAS